Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Mahallada ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 18-“Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputati R.Talipdjanov tomonidan “Toshkentlik go‘zari” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim A.Aminov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ehtiyojmand oilalarning turmush sharoitini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida mahallada Ijtimoiy reyestrda turuvchi 104 ta oiladan 29 tasi daromadlarini oshirishga erishgani sababli reyestrdan chiqarilgan. Qolgan 75 ta oilaga esa ularning ehtiyojlaridan kelib chiqib, muntazam ravishda ijtimoiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Shuningdek, mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularni qo‘llab-quvvatlash va zarur yordam bilan ta’minlash masalalariga ham e’tibor qaratildi. Jumladan, 8 ta oilaning uy-joyini ta’mirlash bilan bog‘liq masala yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xizmatlarni aholiga manzilli yetkazish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy holatini muntazam monitoring qilib borish, ularning daromadlarini oshirishga ko‘maklashish hamda ijtimoiy yordamning samaradorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6