Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Qo‘qon shahar hokimi M.Usmonov hamda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov ishtirokida Qo‘qon shahrida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha shtabning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida shaharda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda oilalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va oldinda turgan vazifalar muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida shahar hokimi M.Usmonov tomonidan mas’ul rahbarlarga aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli ishlarni kuchaytirish, fuqarolarni kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish hamda mahallalarda yangi biznes mikroloyihalarini rivojlantirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, har bir mahalladagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi daromad manbalarini yaratish va aholi bandligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

️Yig‘ilishda har bir fuqaro bilan individual reja asosida ishlash, uning kasbiy ko‘nikmalari, qiziqishlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda bandligini ta’minlash hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6