Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#Deputat_so‘rovi

#Deputat_so‘rovi

24-saylov okrugi deputati N.Muxitdinov tomonidan Zangiota tumani hokimining qurilish, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘rovida “Saxovat”, “Bog‘ishamol”  mahallalari hududida daydi itlarning nazoratsiz yurishi, ayniqsa, yosh bolalar hamda maktab o‘quvchilariga tashlanishi va aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani masalasi ko‘tarilgan.

Deputat aholidan ushbu muammo yuzasidan kelib tushayotgan shikoyatlar soni ortib borayotgani, daydi itlarni tutish brigadasi faoliyati esa kutilgan natijani bermayotganini ta’kidlagan.

Shu munosabat bilan mas’ul rahbardan mavjud muammoni bartaraf etish, aholi, xususan, bolalar va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan aniq va samarali choralar ko‘rish, amalga oshirilgan ishlar natijasi haqida ma’lumot berish so‘ralgan.

Slide 1 of 2