Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING MAVSUMIY TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi raisi B. Bayanasov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Usmonov tomonidan Cho‘lquvar mahalla fuqarolar yig‘inidagi ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilib, muassasaning sovuq kunlarda barqaror faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida isitish pechlarining mavsumga tayyorligi, ko‘mir zaxirasining mavjudligi va uni belgilangan talablarga muvofiq saqlash sharoitlariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning qulay va xavfsiz muhitda ta’lim-tarbiya olishi bilan bog‘liq jihatlar ham ko‘rib chiqildi.

Bunday o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida uzluksiz faoliyatni ta’minlash hamda bolalar uchun munosib sharoitlarni yaratish masalalariga e’tibor qaratishdan iborat.

Slide 1 of 5