Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari tuman Kengashining majlislar zalida yettinchi chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni dastlabki tartibda ko‘rib chiqish maqsadida mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, xalq deputatlari Kengashi huzurida tashkil etilgan “Yoshlar maslahat guruhi” va “Ekspert guruhi” a’zolari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mutasaddi mas’ullar ishtirok etdi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot va hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Muhokamalar davomida mavjud holatni takomillashtirish, budjet mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda tegishli sohalardagi faoliyatni yaxshilash yuzasidan savol, taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, ko‘rib chiqilgan masalalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi, mavjud muammolar va ularning yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 5