Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
FUQAROLAR MUROJAATLARI: OQAVA SUV ARIG‘I VA YO‘L QOPLAMASI MASALALARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati I. Abloqulov tomonidan o‘z saylov okrugidagi Cho‘lquvar MFYda fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan masalalar, hudud infratuzilmasini yaxshilashga oid muammolar hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglandi.

Muloqot jarayonida fuqarolar Sohilbo‘yi ko‘chasining 200 metr qismida oqava suvlarni chiqarish uchun beton ariq o‘rnatish hamda yana 200 metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizish zarurligi yuzasidan murojaat bildirdilar.

Mazkur masalalar hudud infratuzilmasini yaxshilash, oqava suvlarni tartibli chiqarish va aholining ko‘chada qulay hamda xavfsiz harakatlanishini ta’minlash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va ularning yechimini o‘rganish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda masalalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish choralarini amalga oshirish belgilab olindi.

Slide 1 of 1