Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Kengash_faoliyati

🏛 #ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#kotibiyat_xodimi
#162_qonun

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 16-"Qaldirg‘och" saylov okrugi deputati D.Qudratovga biriktirilgan tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tomonidan "Qaldirg‘och" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla bankiri tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi band qilishni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanishni tashkil etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, kredit olish, bandlikni ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromad manbalarini kengaytirish bilan bog‘liq murojaat va takliflar o‘rganildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi.

Nazorat tadbiri davomida mahalla bankiri faoliyatining samaradorligini oshirish, iqtisodiy dasturlar ijrosini ta'minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni, "Aholi bandligi to‘g‘risida"gi Qonuni hamda iqtisodiy islohotlarni mahallabay tashkil etish, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Deputatlik nazorati ushbu yo‘nalishlarda qonun hujjatlarining ijrosini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va iqtisodiy islohotlarning hududlardagi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1