Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Kengash_faoliyati

#162_ta_qonun_ijrosi

Bandixon tumanida “Bandixon” mahallasi aholisiga O‘RQ-937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi

Bandixon tumanida fuqarolarning ko‘chmas mulk va o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini qonuniy e’tirof etishga qaratilgan O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta’minlash hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Tumanining “Bandixon” mahallasida joylashgan Madaniyat uyi binosida tashkil etilgan uchrashuvda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati X.Abdimo'minov, Kengash kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i V.Nazarov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ma’ruzachilar 2024-yil 5-avgustda qabul qilingan O‘RQ-937-sonli Qonunning asosiy normalari, yer va binolarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish shartlari, murojaat qilish tartibi hamda bu borada yaratilgan qulayliklar xususida batafsil ma’lumot berdilar.

Muloqot yakunida fuqarolarni qiziqtirgan savolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, yer va mulk masalalarini qonuniy hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar yetkazildi.

Slide 1 of 2