KIMYOGAR MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRGA KIRITILGAN FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Hamidulla Habibullayevich Muxamedov Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Toyirov bilan birgalikda Navoiy shahar Kimyogar mahallasida bo‘lib, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolari, ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlari hamda ularni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi. Muloqot jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga yechim topishga ko‘maklashish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Deputat tomonidan aholi bilan bevosita muloqot qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning muammolarini o‘rganish va ularning hal etilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashish ishlari davom ettiriladi.