Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✅ Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich raislik qildi.
⚖️ Yig‘ilish kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parkent tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari Mirislomov Mirshavkatning tumanda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti o‘rin oldi.
✅ Muhokama davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, aholi bilan muloqotni kuchaytirish, murojaatlarning ortida turgan muammolarni chuqur tahlil qilish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
✅ Doimiy komissiya faoliyatida aholi murojaatlari va muammolarini o‘rganish, ular yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Mazkur masalaning komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi ham fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va mahalliy darajadagi muammolarga tizimli yechim topishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
🇺🇿 Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, fuqarolar murojaatlari va aholi muammolari bilan ishlash holati to‘g‘risidagi masalani Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.
Mazkur jarayon aholining murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni vakillik organi darajasida muhokama qilish va ularning yechimi ustidan deputatlik nazoratini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9