Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #19¹_modda #Deputatlik_nazorati

#Haftalik_ish_reja_ijrosi #19¹_modda #Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 21-«Chinobod» saylov okrugidan saylangan deputati G. Mamatova tomonidan «Chinobod» mahallasining Markaz ko‘chasida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi «Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–141-son qarori ijrosi doirasida ichki yo‘llarni asfaltlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida barpo etilgan piyodalar yo‘lakchalarining holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududning obodligi, infratuzilma obyektlarining holati va amalga oshirilgan ishlarning aholi turmushiga ta’siri ko‘zdan kechirildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining sifatini ta’minlash, mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish hamda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 1