Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan tuman Pensiya bo'limida O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 938-XII-sonli “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

🔰 O‘rganish davomida fuqarolarning davlat pensiya ta’minotiga oid huquqlarini ta’minlash, pensiya tayinlash va to‘lash jarayonlarining qonunchilik talablariga muvofiqligi, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularga pensiya ta’minoti masalalari bo‘yicha zarur tushuntirishlar berish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔰Pensiya tayinlashda fuqarolarning mehnat staji va qonunchilikda belgilangan boshqa talablarning inobatga olinishi, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi.

🔰 O‘rganish jarayonida mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, qonun talablariga qat’iy rioya etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3