Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ЮЛДАШЕВ ҒОЛИБЖОН ТУРҒУНПУЛАТОВИЧ доимий комиссия раиси ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУНЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛАРНИНГ МУАММО ВА ТАКЛИФЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
60-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
20-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
#deputat_va_hokim_o‘rinbosari #biriktirilgan_tashkilot #okrugda_o‘rganish #deputatlik_nazorati #yangi_maktab

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich, tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Mo‘minov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirokida “Bo‘ston” mahallasida barpo etilayotgan 990 o‘rinli yangi maktab binosi qurilishi jarayoni joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

📌 O‘rganish va muloqot jarayonida:

Hujjatlar va bosh reja ko‘zdan kechirildi: Deputat va hokim o‘rinbosari qurilish shtabida obyektning tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari, bosh rejasi hamda qurilish pasporti bilan yaqindan tanishdilar.

Sifat va grafik nazorati: Qurilish ishlarini belgilangan tasdiqlangan grafik asosida olib borish, mahsulotlar hamda bajarilayotgan poydevor (karkas) ishlarining sifatini ta’minlash yuzasidan mas’ul pudrat va loyiha tashkilotlari vakillari bilan muloqot o‘tkazildi.

Xavfsizlik va sharoitlar: Qurilish maydonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda minora krani va og‘ir texnikalarning uzluksiz ishlash jarayoni tekshirildi.

Ushbu muassasa foydalanishga topshirilgach, mahalla yoshlarining zamonaviy va barcha qulayliklarga ega sharoitlarda sifatli ta’lim-tarbiya olishiga xizmat qilishi ta’kidlandi. Obyektni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, jarayon deputatlik nazoratiga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 10