Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-270-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 691-sonli qarori asosida “Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi” doirasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida “Qodiriyni anglash: tarix va bugun” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

💠Tadbirda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi rahbariyati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari deputatlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

💠 Davra suhbatida buyuk adib Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi, uning milliy adabiyotimiz va ma’naviy tafakkurimiz rivojidagi o‘rni, murakkab tarixiy davrdagi faoliyati hamda boy adabiy merosini kelajak avlodga yetkazish masalalari muhokama qilindi.

💠 Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati B. Hasanov tomonidan mavzu yuzasidan ma’ruza qilinib, ishtirokchilar bilan tarixiy voqealar, Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiy merosi yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

⚖️ Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga ham e’tibor qaratilib, tarixiy xotirani asrash, qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish va yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhimligi ta’kidlandi.
Slide 1 of 3