Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ЮЛДАШЕВ ҒОЛИБЖОН ТУРҒУНПУЛАТОВИЧ доимий комиссия раиси ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУНЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛАРНИНГ МУАММО ВА ТАКЛИФЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
60-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
20-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 14-“Degrizlik” saylov okrugidan saylangan deputat O.Bozarov tomonidan “Degrizlik” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi A.Sodirov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida joylashgan bo‘sh yer maydonidan samarali foydalanish, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

️Mahalla raisi tomonidan mazkur bo‘sh yer maydonida yengil tipdagi bino qurish hamda undan mahalliy hunarmandlar va tadbirkorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida foydalanish taklifi bildirildi. Ushbu tashabbus mahallada tadbirkorlik muhitini kengaytirish, hunarmandchilikni rivojlantirish va aholi uchun qo‘shimcha iqtisodiy imkoniyatlar yaratish nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqildi.

Muhokama davomida taklifni amalga oshirish imkoniyatlari, yer maydonidan foydalanishning belgilangan tartib va talablarga muvofiqligi hamda masalaning huquqiy jihatlarini o‘rganish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur taklifni qonuniylik nuqtayi nazaridan atroflicha o‘rganib chiqish, yer maydonining huquqiy maqomini aniqlash va amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib tegishli xulosaga kelish yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4