Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masala #162 ta qonun ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati #24_ta_tavsiya “Alisher Navoiy” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Yoshlar bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va muammolarini manzilli hal etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurlar Kengashning 25-"Kokildorota" saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrugiga qarashli "Kokildorota" mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.
Jarayonda yoshlarning muammolarini aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni sport, ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi tomonidan 4 nafar yoshga muddatli harbiy xizmatga borish uchun tavsiyalar berilgani qayd etildi.

Shuningdek, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bilan individual ishlash samaradorligini oshirish hamda ularning bandligiga ko‘maklashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida yoshlar muammolarini manzilli hal etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati — yoshlar bilan ishlashdagi mavjud holatni tahlil qilish, muammolar yechimiga ko‘maklashish va amaliy natijadorlikni oshirishga xizmat qiladi.