Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #1_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Alpomish” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 6-“Alpomish” saylov okrugi deputati A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Alpomish” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati tahliliy o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan savolnoma talablari hamda “24 ta muhim yo‘nalish”ning 1-bandi ijrosi doirasida yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi natijalar qayd etildi:

7 nafar yoshga — oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun shartnoma to‘lovlarini qoplashda ko‘mak ko‘rsatildi.

5 nafar yoshga — doimiy va daromadli ishga joylashishda amaliy yordam berildi.

Ushbu ko‘rsatkichlar yoshlarning ta’lim olishi va bandligini ta’minlash yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlarni ifodalaydi. Shu bilan birga, yordam olgan yoshlar bilan keyingi ishlash, ularning bandligini mustahkamlash va ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish ham muhim vazifalardan hisoblanadi.

O‘rganish jarayonida yoshlar bilan xonadonbay ishlash tizimini takomillashtirish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda “Yoshlar daftari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.

Yakunida yoshlar yetakchisi faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni manzilli hal etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlik nazorati — yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi va munosib ish topishi uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilishini o‘rganish hamda aniqlangan muammolar yechimini nazorat qilishga qaratilgan. 

Slide 1 of 1