Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari Mahmudova Donoxon Artikovna hamda Ahmedov Shuhrat Murotovich tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvardagi O‘RQ-399-sonli «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonuni ijrosini tumanda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida dori vositalari muomalasi, aholiga dori vositalarini belgilangan tartibda yetkazib berish hamda farmatsevtika faoliyati sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholining dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, dori-darmon ta’minotida qonuniylik va belgilangan tartibga rioya etilishini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.


Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, aholi manfaatlarini himoya qilish va hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 4