Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Babadjanova Dildor Xudayquliyevna hamda Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi deputati Ahmedova Sharqiya Abdullayevna tomonidan o‘zlari saylangan okrug — Shukrona mahallasining Bo‘g‘i-Bo‘ston ko‘chasida aholi bilan manzilli uchrashuvlar o‘tkazildi.

Deputatlar ko‘chama-ko‘cha yurib, xonadonma-xonadon fuqarolar bilan bevosita muloqot qildi. Uchrashuvlar davomida hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar, taklif va ehtiyojlar tinglandi.

Oqava suv ta’minoti bo‘yicha murojaat

Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan Bo‘g‘i-Bo‘ston ko‘chasining bosh qismidagi 5 ta xonadonga oqava suv yetib bormayotgani bildirildi. Aholi suvning mazkur xonadonlargacha yetib borishini ta’minlash maqsadida ko‘cha yo‘li chetidan kichik ariqcha qazib berishda amaliy yordam so‘radi.

Mazkur murojaat deputatlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilib, tegishli tartibda “Muammolarni qayd etish daftari”ga kiritildi.

Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish, hududdagi obodonlashtirish va infratuzilma holatini yaxshilash hamda aholiga qulay shart-sharoit yaratish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi.

 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Slide 1 of 2