Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
IJRO INTIZOMI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

 IJRO INTIZOMI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan davlat organlarida ijro intizomini mustahkamlash va hujjatlar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-martdagi 171-son qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Pastdarg‘om tumani hokimligining Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari A. Tairovga rasmiy xat yuborildi.

📑
Rasmiy xatda quyidagi masalalar yuzasidan ma’lumot taqdim etish so‘raldi:
💎 Ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linma va xodimlar faoliyatini tashkil etish holati;
💎 Mas’ul xodimlarning funksional vazifalari va javobgarligini belgilovchi ichki hujjatlar;
💎 Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa topshiriqlar ijrosini nazorat qilish mexanizmlari;
💎 Ijro muddatlari buzilishi yoki topshiriqlarning sifatsiz bajarilishi holatlari, ularning sabablari va bartaraf etish choralari;
💎Ijro intizomini muntazam tahlil qilish, mas’ul xodimlar hisobdorligini ta’minlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.

📊 Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — ijro intizomi holatini xolisona baholash, hujjatlar ijrosida qonuniylik va mas’uliyatni kuchaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlashdan iborat.

🌐Deputatlik nazorati — samarali boshqaruv va mas’uliyat garovi!