Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
INNOVATSIYA VA RAQAMLI RIVOJLANISH — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati E.Omonov tomonidan “Xalqabog‘” mahallasida joylashgan Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazining faoliyati, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

⚖️QONUN IJROSI — AMALDA

📚O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi O‘RQ-280-son “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni axborot-kutubxona muassasalari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi. Mazkur qonun doirasida aholining axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, axborot resurslaridan foydalanishni ta’minlash muhim ahamiyatga ega.

🤖 O‘rganish jarayonida yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion loyihalar, sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar bilan tanishildi.

✅ Mazkur o‘rganish ishlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida kutubxonaning moddiy-texnik holati, xizmat ko‘rsatish sifati va yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlarni baholash maqsadida amalga oshirildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha axborot-kutubxona markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarning zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqiladi.