Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Deputat va Kengash Kotibiyati mas'uli "O‘rta qal’a" OFYda amaliy o‘rganish o‘tkazdi

O‘zbekiston LiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Madamin Kazakov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Bobur Allaberganov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida navbatdagi amaliy o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

📌 O‘rganish manzili va maqsadi: 8-O‘rta qal’a saylov okrugidagi "O‘rta qal’a" ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan "Mahalla yettiligi" faoliyati samaradorligi, xususan Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi atroflicha o‘rganildi.

🔎 Asosiy e’tibor qaratilgan yo‘nalishlar:
Aholini kambag‘allikdan chiqarish: Hududda kambag‘allikni qisqartirish, oilalarning daromad manbalarini ko‘paytirish va bandlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar;
Tadbirkorlikni rivojlantirish: Aholini kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish holati;

Qarorlar ijrosi: Davlatimiz rahbari va Hukumatimiz tomonidan sohalarga oid qabul qilingan qarorlar qonunchilik hujjatlarining joylardagi ijrosi holati tekshirildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni hal etish, "Mahalla yettiligi" faoliyati muvofiqligini oshirish hamda aholi farovonligini ta'minlashga qaratilgan rejalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 3