Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Deputat so‘rovi o‘z natijasini berdi: "Boyovul" MFY "Tadbirkorlar-1" ko‘chasi obod bo‘lmoqda!

Avvalroq deputat Xonimjon Rajabova "Boyovul" mahalla fuqarolar yig‘ini saylovchilari bilan o‘tkazilgan samimiy muloqot va uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan muhim bir muammo ko‘tarilgan edi. Xususan, "Tadbirkorlar-1" ko‘chasidagi ichki yo‘llarning ta’mirtalabligi, ayniqsa, yog‘ingarchilik kunlarida aholi, maktab o‘quvchilari va keksalarimizning harakatlanishida jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgani ta’kidlangan edi.

Aholi murojaatida bildirilgan ushbu masalani ijobiy hal etish hamda yo‘l xavfsizligini ta’minlash maqsadida deputat X.Rajabova tomonidan Amudaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari I.Karimovga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

🛠 Amaliy natija va bajarilgan ishlar.
Yuborilgan deputatlik so‘rovi tegishli mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi va amaliy choralar ko‘rildi.

Bugungi kunda "Tadbirkorlar-1" ko‘chasining ichki yo‘llarini tekislash hamda qum-shag‘al aralashmasi (SHPES) yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Slide 1 of 3