Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
KUNLIK VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI
#kotibiyat_kunlik_ishlar

KUNLIK VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

14-oktabr kuni Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyatida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik jarayonlarini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan ishchi muhokama o‘tkazildi.

Kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov rahbarligida, mutaxassislar Z. Temirova va I. Ikromov ishtirokida kun tartibidagi vazifalar, ularning ijro holati va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muhokama davomida deputatlarga biriktirilgan qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish, 24 ta tavsiyada belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha tahliliy ishlarni izchil davom ettirish hamda o‘rganish natijalarini aniq dalillar va amaliy takliflar asosida rasmiylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlarini tizimli tashkil etish, taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘liqligini tahlil qilish, zarur hollarda tegishli tashkilotlar faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rganish vazifalari belgilab olindi.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi talablaridan kelib chiqib, deputatlik nazorati mexanizmlarini samarali qo‘llash, saylov okruglarida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha mas’uliyatni kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Yoshlar maslahat guruhi va ekspert guruhlari faoliyatini yanada faollashtirish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda sohaga oid tahlillar asosida Kengash faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Muhokama yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, sessiyaoldi o‘rganish natijalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va Kengash faoliyatiga oid axborotlarni rasmiy sahifalarda muntazam yoritib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Maqsad — deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, sessiya masalalarini puxta va xolis o‘rganish hamda hududdagi dolzarb muammolarni hal etishda Kengashning amaliy ishtirokini kuchaytirish.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash