Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Lotoklarning holati va ularni tozalash masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputatlar Y.Narbekov, S.Ramatjonov tomonlaridan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi rahbariyati ishtirokida tuman markazidagi yomg‘ir suvlarini chiqarish hamda aholi xonadonlaridagi ekin maydonlarini sug‘orishga mo‘ljallangan lotoklarning holati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

🟢Yig‘ilishda lotoklarning bugungi holati, ularni chiqindilardan o‘z vaqtida tozalash, suv oqimiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz holga kelgan yoki ko‘milib ketgan lotoklarni tiklash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🟢Ta’kidlanganidek, yomg‘ir suvlarini o‘z vaqtida chiqarish tizimining soz holatda bo‘lishi kuchli yog‘ingarchilik paytida suv to‘planishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, sug‘orish lotoklarining toza va ishchi holatda saqlanishi aholi xonadonlaridagi ekinlarni o‘z vaqtida sug‘orish, suvdan samarali foydalanish hamda obodonlashtirish ishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

🟢Yig‘ilish yakunida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullariga aniqlangan muammolarni bartaraf etish, lotoklarni tozalash va tiklash ishlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4