Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Oq Mang‘it mahallasida manzilli ishlar holati ko‘zdan kechirildi

Oq Mang‘it mahallasida manzilli ishlar holati ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova, deputatlar A. Abdumurodov va O‘. Shukurov tomonidan Oq Mang‘it mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlashning amaldagi holati, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, fuqarolarning murojaatlari, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandlik masalalari, daromad manbalarini ko‘paytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ehtiyojmand oilalar bilan olib borilayotgan individual ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolari o‘rtasidagi hamkorlik, vazifalarning o‘zaro muvofiqlashtirilishi va aniqlangan muammolarni ortga surmasdan hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunida mahallada olib borilayotgan ishlarni yanada tizimli tashkil etish hamda fuqarolar muammolarini manzilli hal qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.    

Slide 1 of 1