Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Kotib

KORRUPSIYANING OLDINI OLISH VA UNGA QARSHI KURASHISH — DAVR TALABI

📍 Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish va davlat organlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash, huquqiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Shuxrat Fayziyev, Kengash kotibiyati mudiri Shoanvar Shomaxmudov hamda tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

💬 Ta’kidlanganidek, korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi, davlat boshqaruvi samaradorligiga putur yetkazuvchi va fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini susaytiruvchi salbiy illatdir. U mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga, amalga oshirilayotgan islohotlar natijalariga, shuningdek, xalqaro maydondagi nufuziga hamda investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

🤝 Uchrashuv davomida korrupsiyaning oldini olish, uning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlar yetakchilarining mahallalarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish va halollik tamoyillarini keng targ‘ib etishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning umumiy vazifamiz!

Slide 1 of 3