Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
44-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

44-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashining 1-Mashad saylov okrugi deputati F. Muhitdinov tomonidan Quvurboshi mahallasi hududida joylashgan 44-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining mavsumga tayyorgarligi, sinf xonalarida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, isitish tizimining holati hamda binoning qish mavsumida foydalanishga tayyorligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktabda o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun qulay ta’lim muhitini yaratish, xonalarda harorat me’yorlarini ta’minlash, isitish tizimining uzluksiz ishlashini yo‘lga qo‘yish hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim muassasasida mavsumni ko‘tarinki ruhda boshlash, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda kuz-qish mavsumi davomida ta’lim jarayonining barqarorligini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 1