Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
FUQARO MUAMMOSI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V.Xasanov tomonidan Havotog‘ QFYda fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, hududdagi mavjud kamchiliklar, aholini qiynayotgan masalalar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalarni bevosita deputatga yetkazib, yo‘l va infratuzilma, obodonlashtirish, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, ijtimoiy xizmatlar, bandlik, mahalla hududini rivojlantirish va boshqa masalalar bo‘yicha taklif va murojaatlarini bildirishdi.

Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni hal etish imkoniyatlari yuzasidan joyida fikr almashildi. Masalalarni tegishli tashkilot va mutasaddi rahbarlarga yetkazish, vakolat doirasida amaliy yordam ko‘rsatish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

Deputat V.Xasanov tomonidan fuqarolarga murojaat va takliflarning e’tiborsiz qolmasligi, har bir masala imkon qadar manzilli o‘rganilishi va tegishli tartibda yechim topishi muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi ko‘p jihatdan aholining fikri va takliflarini inobatga olishga bog‘liqligi qayd etildi. Shu sababli fuqarolar bilan bunday uchrashuvlarni muntazam davom ettirish, aholi muammolarini faqat murojaat kelib tushgandan keyin emas, balki joyiga chiqib, oldindan aniqlash va bartaraf etish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha umumlashtirilib, ularning ijrosi yuzasidan keyingi ishlarni tashkil etish masalalari belgilandi.

Eng muhimi, bunday uchrashuvlar orqali deputat va aholi o‘rtasidagi bevosita muloqot mustahkamlanib, hududdagi real muammolarni aniqlash va ularni amaliy yechimga yo‘naltirish uchun imkoniyat yaratilmoqda.

Slide 1 of 2