Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
YOSHLAR UCHUN YARATILGAN SPORT INFRATUZILMASI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Sovot QFYda foydalanishga topshirilgan street workout maydonchasining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida sport maydonchasida o‘rnatilgan trenajyorlar va sport jihozlarining texnik holati, foydalanishga yaroqliligi hamda xavfsizlik talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maydonchaning obodonlashtirilganligi, hududning tozaligi, yoritilishi, jihozlarning mustahkam o‘rnatilganligi hamda yoshlar va aholi tomonidan undan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi.

Deputat tomonidan mazkur sport maydonchasidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Maydonchani doimiy ravishda nazorat qilish, sport jihozlarini asrab-avaylash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda hududning obodonligini saqlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2