Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
TIBBIYOT MUASSASASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Sovot oilaviy shifokorlik punktida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining isitish tizimi, qozonxona va mavjud isitish uskunalarining texnik holati, shuningdek, mavsumni barqaror o‘tkazish uchun zarur sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, oilaviy shifokorlik punktining yoqilg‘i zaxirasi, ko‘mir bilan ta’minlanganligi, uni saqlash sharoitlari, elektr ta’minoti hamda kuz-qish mavsumida bemorlarga uzluksiz tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari o‘rganildi.

Muassasa binosining sanitariya-obodonlashtirish holati, hududning tozaligi, kirish-chiqish yo‘laklari va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan qish mavsumida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, xonalarni yetarli darajada isitish, mavjud kamchiliklarni mavsum boshlanguniga qadar bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini yakunlash va ularning ijrosi deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3