Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
SHODLIK MAHALLASIDA ISHSIZ YOSHLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.Husanboyev tomonidan Yangiobod tumani Shodlik mahallasida ishsiz yoshlar va ularning ota-onalari bilan manzilli suhbatlar o‘tkazilib, yoshlarning bandligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida yoshlarning mavjud muammolari, ishga joylashish istagi, kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari yuzasidan fikr va takliflari tinglanmoqda. Shuningdek, ota-onalar bilan suhbatlashilib, oilalarning sharoiti va yoshlarning bandligiga ta’sir etayotgan omillarga e’tibor qaratilmoqda.

Aniqlangan har bir muammo bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralarni belgilash, yoshlarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur manzilli o‘rganishlar orqali mahalladagi ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, ularni bandlikka yo‘naltirish hamda barqaror daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2