Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI

BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining VII chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlik savoli bildirildi.

Jumladan, Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining 20-“Ozod” saylov okrugidan saylangan deputati Saidov Ikrom Yaxshiboyevich tomonidan tijorat banklarida fuqarolar uchun yangidan ochilayotgan plastik kartalar bilan bog‘liq kiberjinoyatlar xavfsizligi, mavjud himoya choralari va fuqarolarning mablag‘larini himoyalash darajasi yuzasidan savol berildi.

Mazkur savolga javoban kiberjinoyatlarning ayrim holatlarida fuqarolarning o‘zlari ehtiyotsizlik qilishi, firibgarlarning aldovlariga ishonib qolishi yoki bank kartalari va shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishga bilmagan holda, jumladan, farzandlariga ruxsat berish orqali imkon yaratib qo‘yishi mumkinligini ta’kidladilar.

Shu munosabat bilan fuqarolarni kiberfiribgarlikdan himoya qilish, bank kartalari ma’lumotlarini sir saqlash, SMS-kodlar va PIN-kodlarni begonalarga bermaslik, shubhali havolalarga kirmaslik hamda moliyaviy xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish muhimligi qayd etildi.

Unutmang: bank kartangiz ma’lumotlari va tasdiqlash kodlarini hech kimga bermang. Kiberxavfsizlik — avvalo, hushyorlik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishdan boshlanadi!

✍️Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi Matbuot xizmati