Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
🔰Ta’lim sifati va qonun ijrosi – deputatlar e’tiborida

🔰Ta’lim sifati va qonun ijrosi – deputatlar e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Sh. Teshayev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida Mustaqillik mahallasi hududida joylashgan 2-son texnikum faoliyati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni ijrosi, ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishiga e’tibor qaratildi.
🔹Jumladan, ta’lim oluvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, o‘quv mashg‘ulotlarining tashkil etilishi va qonunchilik talablariga rioya qilinishi masalalari yuzasidan tegishli holatlar o‘rganildi. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularning kelgusida mehnat bozorida munosib o‘rin egallashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhimligi ta’kidlandi.
🔹Deputatlik o‘rganishlari davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berish, mavjud muammolarni bartaraf etish va qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazoratni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
🔹Ta’lim sohasidagi qonunlar ijrosini ta’minlash, yoshlar uchun sifatli ta’lim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
👉O‘rganishlar davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 5