Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#munosabat

🔰#munosabat

Budjet mablag‘lari talon-toroj qilinishi — jiddiy nazorat va javobgarlik masalasi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati sifatida ta’kidlashni istardimki, budjet mablag‘lari xalq manfaatlari, hududlar infratuzilmasini rivojlantirish va aholi turmush sifatini yaxshilashga xizmat qilishi kerak. Nurafshon shahrida oqova suv tozalash inshooti qurilishida bajarilgan ishlar qiymatini oshirib ko‘rsatish orqali 13,9 milliard so‘m budjet mablag‘i talon-toroj qilingani haqidagi xabar jiddiy e’tibor va xolis tekshiruvni talab etadi.
Bunday holatlarning oldini olish uchun qurilish ishlarining sifati, bajarilgan ishlar hajmi va ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarur. Har bir so‘mning qonuniy va samarali ishlatilishi ta’minlanishi, aniqlangan qonunbuzilishlarga esa qonun doirasida qat’iy baho berilishi lozim.
Deputatlik nazorati nuqtayi nazaridan, budjet mablag‘larining shaffof sarflanishi, davlat loyihalarida hisobdorlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim vazifadir. Chunki xalq mablag‘larining har bir so‘mi xalq manfaatiga xizmat qilishi shart.

Quvondiq Safarov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining мahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt