Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI

ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI

Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining VII chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasida kun tartibidagi masala yuzasidan Sho‘rchi tumani Ichki ishlar bo‘limining huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Hisobotda tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda mahallalarda osoyishtalikni mustahkamlash yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Shuningdek, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, muammoli mahallalarda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida qonunbuzilish holatlarining oldini olish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Sessiyada ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va fuqarolar uchun xavfsiz muhitni ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligini ta’minlash — tinch va osoyishta hayotning muhim garovidir.

✍️Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi Matbuot xizmati