Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI

TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining VII chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasida kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlik savollari va takliflari bildirildi.

Jumladan, Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashiga 7-“Yoshg‘ayrat” saylov okrugidan saylangan deputat, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zosi Rajabov Botir Abdurasulovich tomonidan fuqarolardan takroran kelib tushayotgan murojaatlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan choralar haqida savol berildi.

Deputat tomonidan takroriy murojaatlar soni ko‘p bo‘lgan soha va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini har bir sessiyada eshitib borish, murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni deputatlar va tuman hokimligi bilan hamkorlikda joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha taklif bildirildi.

Bildirilgan savol va takliflar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sho‘rchi tumanidagi Xalq qabulxonasi jamoatchilik asosidagi rahbari, tuman hokimi Ishmurzoyev Akbarali Abdujabbarovich tomonidan tegishli javob va tushuntirishlar berildi.

Mazkur takliflar aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, takroriy murojaatlarning oldini olish, mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni tizimli hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Deputatlik nazorati — muammolarni aniqlash, ularning sabablarini o‘rganish va fuqarolar manfaatlari yo‘lida amaliy yechimlarga erishish vositasidir.

✍️Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi Matbuot xizmati