Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI

AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI

Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining VII chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasida kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sho‘rchi tumanidagi Xalq qabulxonasi jamoatchilik asosidagi rahbari Ishmurzoyev Akbarali Abdujabbarovich axborot berdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida Sho‘rchi tumanida 2026-yilning 9 oyi davomida aholi murojaatlari bilan ishlash holati, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish va ularni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, murojaatlarni o‘z vaqtida va qonuniy tartibda ko‘rib chiqish, fuqarolar muammolariga joyida yechim topish, murojaatlarning takrorlanishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish hamda davlat organlarining aholi oldidagi mas’uliyatini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Sessiya davomida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash va murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar ijrosini tizimli nazorat qilish muhimligi ta’kidlandi.

Xalq bilan muloqot — samarali boshqaruv va aholi ishonchini mustahkamlashning muhim omilidir.

✍️Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi Matbuot xizmati