Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
BEPUL DORI-DARMON TA’MINOTI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #162_ta_eng_muhim_qonun

BEPUL DORI-DARMON TA’MINOTI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "7-Beshqayrag‘och" saylov okrugi deputati Ziyoda Xaydarova hamda "11-Taqachi" saylov okrugi deputati Saodat Dusmuxamedova tomonidan tumandagi 23-sonli oilaviy poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori-darmon vositalari ta’minoti yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.

💊 O‘rganish davomida davlat tomonidan kafolatlangan dori vositalarining fuqarolarga belgilangan tartibda yetkazilishi, reimbursatsiya dasturi doirasida elektron retseptlar orqali dori-darmon berilishi hamda bemorlarning zarur preparatlardan o‘z vaqtida foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

🗂 Shuningdek, mazkur jarayonda tibbiyot muassasasida dori-darmon ta’minotini tashkil etish holatiga e’tibor qaratilib, mavjud masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Deputatlik nazorati O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 265-I-sonli “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini nazorat qilish doirasida amalga oshirildi.

⏫️ O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholining bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 5