Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI VA TAHLIL QILINDI

#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#KQ_35

FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI VA TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov o‘zi saylangan M. Eshtemirov MFYga kelib tushgan fuqarolar murojaatlarini mahalla yettiligi bilan hamkorlikda o‘rgandi.

Muloqot davomida fuqaro tomonidan bildirilgan murojaatning mazmuni atroflicha ko‘rib chiqilib, muammoning kelib chiqish sabablari va uni hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Murojaat yuzasidan tegishli mas’ullar bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hafta davomida kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinib, ularda ko‘tarilgan masalalar, fuqarolarni qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Asosiy maqsad — har bir murojaatni e’tibordan chetda qoldirmaslik, muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlashdir. Murojaatlar ijrosi deputatlik nazorati asosida kuzatib boriladi.