Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
KORRUPSIYAGA QARSHI DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#haftalik_ish_reja_ijrosi

KORRUPSIYAGA QARSHI DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Termiz tuman filialida korrupsiyaning oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Termiz tuman adliya bo‘limi boshlig‘i S. Akramov ham ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat faoliyatida qonuniylik va halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish masalalari yuzasidan fikr bildirdi.

Davra suhbati davomida korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar, fuqarolar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, bank xodimlari tomonidan mavzu yuzasidan savollar berilib, ularga mutaxassislar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish — qonun ustuvorligini ta’minlash va jamiyatda halollik muhitini mustahkamlashning muhim shartidir.

Slide 1 of 4