Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
HUDUDDAGI MUAMMOLI MASALALAR KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANILDI

#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#KQ_35

HUDUDDAGI MUAMMOLI MASALALAR KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyat mudiri A. Avliyakulov hamda deputat M. Eshtemirov tomonidan MFY yettiligi vakillari bilan hamkorlikda hududdagi mavjud muammoli masalalar ko‘chama-ko‘cha yurib, joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘chalardagi infratuzilma, obodonlashtirish, elektr va boshqa kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi.

Jarayon davomida aholi vakillari bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish hamda muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Hududdagi muammolarni mahallaning o‘zida aniqlash, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash maqsadida bunday o‘rganishlar muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 2