Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Majnuntol” MFY yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Majnuntol” MFY yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi M. Abdulmajidov tomonidan “Majnuntol” MFY yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda “Yoshlar daftari” bilan ishlash holatlari ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalarning yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bandligi va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid yo‘nalishlari asosida amalga oshirildi.

Shuningdek, Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida sohaga oid qonunchilik talablari ham o‘rganildi. Jumladan, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-406-son, 2016-yil 14-sentabr, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-642-son, 2020-yil 20-oktabr hamda yoshlar bilan mahallalarda ishlash tizimini belgilovchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori talablari asosida tegishli yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida yoshlar bilan individual ishlashni kuchaytirish, ularning bandligini ta’minlash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
 

Slide 1 of 6