Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
51-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi deputatlari
G. Azimova va D. Musayeva tomonidan tumandagi 51-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xususan, sinf xonalarining isitilishi, isitish tizimlarining texnik holati, batareya va radiatorlarning sozligi, shuningdek, issiqlik ta’minotining mavsumga tayyorligi ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, isitish tizimida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quv xonalarida me’yoriy haroratni ta’minlash hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

📌O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda mahalliy Kengash deputatining vakolatlari doirasida amalga oshirildi.

Yunusobod tuman Kengashi deputatlari tomonidan ijtimoiy soha obyektlarida mavsumiy tayyorgarlik holatini o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 2