Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

#kotibiyat_mudiri_faoliyati #nazorat_tahlil #deputat_faoliyati #KQ_35_ijrosi #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik #24_ta_tavsiya

Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 9-Gilambob saylov okrugida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputati B.Ochildiyev tomonidan “Xalqobod” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni doimiy va daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish, ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlash, shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi vakillarini aniqlash va ularga tegishli ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori ijrosi hamda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya” asosida mahalladagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va ularni hal etish bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, deputatning mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududdagi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganishi, fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratishi, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirishi hamda ularning ijrosini nazorat qilib borishi muhim yo‘nalish sifatida belgilangan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur masalalarning ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4