Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Sessiya_oldi_o'rganish
#24_ta_masala
🗣 Fuqarolar fikri — deputatlik faoliyatining muhim mezoni


Aholini qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish, fuqarolar takliflarini tinglash va ularning yechimiga e’tibor qaratish maqsadida “Mehnatobod” mahallasida ochiq muloqot tashkil etildi.

👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etildi.

🤝 Muloqotda mahalladagi ko‘chaboshilar, nuroniylar va fuqarolar o‘z fikr-mulohazalari, taklif hamda tashabbuslarini bildirdilar. Jumladan, hududni obodonlashtirish, ichki yo‘llar holati, kommunal xizmatlar sifati, aholi bandligi va ijtimoiy masalalar muhokama qilindi.

📊 Shuningdek, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarori ijrosi yuzasidan 2026-yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha jamg‘arma daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida tushuntirish berildi. Fuqarolarning mazkur masala yuzasidan taklif va mulohazalari o‘rganildi.

✅ Ochiq muloqotning ahamiyati — aholi ovozini eshitish, dolzarb masalalarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni o‘rganishdir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5