Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B. Kuzenbayevga biriktirilgan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi Kotibiyat bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan Uchquduq tuman Xalq qabulxonasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish muddatlariga rioya etish, murojaatlar bo‘yicha ijro nazoratini tashkil etish hamda murojaat etuvchilarga berilayotgan javoblarning asoslantirilganligi holatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonun talablariga rioya etilishi, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

📌 O‘rganish yakuni bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 3