Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Angor tumanida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Angor tumanida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyatining faoliyatni muvofiqlashtirish hamda metodik yordam ko‘rsatish yo‘nalishidagi rejali tadbirlari doirasida kotibiyat bosh mutaxassislari Erali Isoqov va Sunatullo Uktamovlar Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati faoliyatini o‘rganish maqsadida xizmat tashrifini amalga oshirdi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi tuman Kengashi kotibiyatining faoliyatini joyida o‘rganish, ish yuritish tizimining amaldagi holatini tahlil qilish, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan amaliy va metodik tavsiyalar berishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyatining joriy faoliyatiga oid hujjatlar, jumladan, Kengash sessiyalarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq materiallar, deputatlik so‘rovlari va murojaatlari ijrosi, doimiy komissiyalar faoliyatiga oid hujjatlar, ish yuritish va ijro intizomi holati hamda boshqa tegishli hujjatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kotibiyat faoliyatini yanada takomillashtirish, hujjatlar bilan ishlash sifatini oshirish, qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirilib, kotibiyat faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 1