Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#Kengash_raisi_faolyati #Kunlik_ish_reja #Haftalik_ish_reja YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASINI YARATISH YO‘LIDA AMALIY ISHLAR O'RGANILDI.

#Kengash_raisi_faolyati
#Kunlik_ish_reja
#Haftalik_ish_reja

YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASINI YARATISH YO‘LIDA AMALIY ISHLAR O'RGANILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani 2-Xo'jaqiya saylov okrugida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo'zimurodov Abdisalom Javliyevich tashabbusi bilan “Yuqori Xo‘jaqiya” mahallasida hududni obodonlashtirish va zamonaviy qiyofaga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E. Isoqov, tegishli mas’ullar hamda mahalla vakillari ishtirok etdi.

Unda mahalla hududini Yangi O‘zbekiston qiyofasiga mos ravishda obod va zamonaviy maskanga aylantirish, aholiga qulay shart-sharoit yaratish borasidagi ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, hududda tungi yoritish chiroqlarining o‘rnatilgani, ko‘chalar va jamoat joylarining obodonlashtirilishi, hududning sanitariya va estetik holati hamda mavjud infratuzilma holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, hududni yanada obodonlashtirish, aholiga qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Yangi O‘zbekiston — obod mahalla, farovon xonadon va inson qadri ulug‘langan zamonaviy muhitdan boshlanadi.

Slide 1 of 1