Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#162_qonun
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#PF_193_son_Farmon_ijrosi
📊 Mahalla taraqqiyoti — aniq natija va samaradorlik mezonida

Aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish — mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim mezonlaridan.

08.10.2026 yil kuni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi Otabek Tursunov tomonidan “Katta hayot” mahallasida deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida ko‘rib chiqildi.

Asosiy e’tibor yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini doimiy daromad manbalari bilan ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish masalalariga qaratildi.

📌 O‘rganish davomida mavjud holat va muammolar yuzasidan fikr almashilib, ularni bartaraf etish, mahallaning iqtisodiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Maqsad — shunchaki vaziyatni o‘rganish emas, balki mavjud imkoniyatlarni ishga solish, muammolarga yechim topish va aholi turmushida ijobiy o‘zgarishlarga erishish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3